Текст песни Лола - Aniq bilaman

Qalbimda to'la orzularim bor, ushalar qachon,
Eng oliy orzu, meni doimo asraydigan inson.
Ishonolmadim, taqdir yuzma-yuz senga uchratdi,
O'sha kun bildim hayot sinovga meni uzatdi.

Naqorat:
Aniq bilaman, baxtga yetmayman,
Dardim yashaydi mening qalbimda.
Aniq bilaman, umid bo'lsa xam,
Hayotim emas, mening qo'limda

Qiynar yuragim, nedir gunohim, shuncha azoblar,
Taqdirmas bo'lsang, nega hayolim, seni eslatar.
Armonim bo'lib ushalding orzu bu qanday jazo?
Oxirgi so'zim baxtiyor bo'lgin, orzu alvido!

Naqorat:
Aniq bilaman, baxtga yetmayman
Dardim yashaydi mening qalbimda.
Aniq bilaman, umid bo'lsa xam,
Hayotim emas, mening qo'limda


Добавить комментарий

Автору будет очень приятно узнать обратную связь о своей новости.

Комментариев 0